
Lost Cherry
Gilos, bodom, vanil
Shirin va shirali gilos, achchiq bodom va mayin vanil.
Parfyumlangan kosmetika · Toshkent
Jelai R — selektiv parfyumeriya iforlaridan ilhomlangan tana, soch va uy uchun mahsulotlar. O‘zbekiston bo‘ylab yetkazib beramiz.
Mahsulotlarni ko‘rish
Hamma sizdan qimmatbaho atir hidi kelyapti deb o‘ylaydi. Aslida bu shunchaki Jelai.
Mahsulotlar
Mahsulotni tanlang — xususiyatlari, qo‘llash usuli va iforlari bilan tanishing.
Iforlar
«30 in 1» soch spreyi iforlari mashhur selektiv atirlardan ilhomlangan. Qaysi biri hozir borligini Instagram yoki Telegram orqali so‘rang.

Gilos, bodom, vanil
Shirin va shirali gilos, achchiq bodom va mayin vanil.

Za’faron, yasmin, ambra
Iliq, sirli va uzoq saqlanadigan hashamatli iz.

Marakuya, shaftoli, sandal
Shirali mevalar, gul notalari va iliq mushk.

Qahva, vanil, yasmin
Shirin vanil, boy qahva va oq gullar.

Behi, yasmin, mushk
Nafis mevali-gulli ifor: greypfrut, behi, yasmin.

Osmantus, yasmin, tuberoza
Shirin va latofatli gulli ifor.

Bergamot, zanjabil, ambroksan
Sitrus, zanjabil va qora choy — toza va tetik.

Ambra, vanil, gvayak
Iliq, shirin va sharqona hashamat.

Kashmeran, sandal, osmantus
Shirin, gulli va iliq notalar — sirli va jozibali.
Sharhlar
Blogerlar va go‘zallik ustalari Jelai R haqida. Har bir videoni Telegram kanalimizda ko‘rishingiz mumkin.
Video
Uzun sochlari uchun Jelai R «30 in 1» spreylarini birma-bir tanishtirdi.
BonamurBloger
Video
Salonda Jelai R soch spreyi bilan turmak qildirdi va iforini baholadi.
NiginaBloger
Video
Mijoz sochini Jelai R «30 in 1» bilan parvarishlab, turmaklaydi.
Sherzod AbdullaevKolorist-stilist
Video
Stilistlar ish jarayonida Jelai R mahsulotlaridan foydalanadi.
Go‘zallik ustalariSalon
Brend
Soch spreyi va mistlar parvarish qiladi va ustiga qimmatbaho atirdek iz qoldiradi.
Soch spreyi tarkibida spirt yo‘q — namoz o‘qiydigan ayollar uchun ham qulay.
Toshkent bo‘ylab Yandex Delivery, viloyatlarga BTS orqali. O‘zbekiston bo‘ylab yetkazamiz.
Buyurtma
Mahsulot va iforni tanlang, so‘ng bizga yozing yoki qo‘ng‘iroq qiling. Admin narx, mavjudlik va yetkazib berishni aytadi.
Dillerlar
Jelai mahsulotlarini faqat rasmiy dillerlar va brendning o‘z sahifalaridan xarid qiling.
Do‘koningiz, go‘zallik saloningiz yoki onlayn sahifangiz bormi? Hamkorlik shartlarini adminimizdan so‘rang.
Diqqat
Uzum’dagi ba’zi do‘konlarda Jelai nomi bilan soxta mahsulot sotilgan. Asl mahsulotni rasmiy dillerlar, Instagram @jelair.brand yoki Telegram @jelaiuzz orqali oling.
Notalar piramidasi
Birinchi taassurot. Yengil va uchuvchan: sitruslar, yashil barglar, ziravorlar. Tez paydo bo‘ladi va tez tarqaladi.
Iforning xarakteri. Gullar, mevalar va ziravorlar shu bosqichda to‘liq ochiladi.
Terida eng uzoq qoladigan iz. Yog‘ochlar, mushk, anbar va vanil iforga chuqurlik beradi.
Qo‘llanma
Ifor namlangan terida uzoqroq turadi. Kremni surting, so‘ng iforni ustidan qo‘llang.
Bilak, bo‘yin va tirsak bukimi. Iliq teri iforni yaxshiroq ochadi.
Ishqalash ifor zarrachalarini buzadi va davomiyligini kamaytiradi. O‘zi qurishini kuting.
Parfyumlangan soch spreyi iforni kun bo‘yi olib yuradi, ayni paytda fen va dazmol issig‘idan himoya qiladi.
Savollar
Brendimiz nomi — Jelai R (JelaiR). Uni ba’zan Jelair, Jelai, Jelay, Желай yoki Джелай deb ham yozishadi — barchasi bitta brend: Toshkentdagi Jelai R parfyumlangan kosmetikasi. Rasmiy sayt — jelair.uz.
Asl mahsulot yorlig‘ida «Jelai R — Inspired by Perfume» logotipi bor: «i» harfidan keyin ostiga chiziq tortilgan R. Jelai R’ni faqat rasmiy sahifalar — jelair.uz, Instagram @jelair.brand va Telegram @jelaiuzz orqali xarid qiling.
Sochni fen, dazmol va ployka issig‘idan, quyosh nurlari va changdan himoya qiladi, yumshatadi, jilva beradi, tarashni osonlashtiradi va statik elektrni oladi. Tarkibida ipak oqsillari bor, ifor 12 soatgacha saqlanadi.
Yo‘q. «30 in 1» soch spreyi tarkibida spirt yo‘q, shuning uchun namoz o‘qiydigan ayollar uchun ham qulay.
Telegram’da @Jelai_uz adminiga yoki Instagram’da @jelair.brand sahifasiga yozing, yoki +998 77 302 99 99 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling. Har kuni 09:00–21:00.
Ha. Toshkent bo‘ylab Yandex Delivery, viloyatlarga BTS orqali — butun O‘zbekiston bo‘ylab yetkazib beramiz.